Melioranskiy Platon Mixaylovich
Melioranskiy Platon Mixaylovich (1868.18.11 — Sankt Peterburg — 1906.16.5) — rus sharqshunosi, turkiy- shunos va mo’g’ulshunos. Sankt-Peterburg untining Sharq tillari f-tida tehsil olgan (1887-91); Arab, fors, mo’g’ul va turkiy tillarni yaxshi bilgan. 1894— 1906 y.larda Sankt-Peterburg unti- ning Sharq tillari f-tida privatdo- tsent, prof. M.ning 2 qismdan iborat «Qozoqqirg’iz tilining qisqacha gram- matikasi» (1894-97) asari bor. «Ko- sho-Soydamdagi qadimiy turkiy Yodgor- liklar» (V. V. Radlov b-n hamkorlikda, 1897) kitobini nashr etib, turkiyrunik yodgorliklarni o’rganish ishiga asos sol- gan. M.ning ilmiy izlanishlari orasi- da rus tilidagi turkiy tillarga mansub unsurlarni qidirib topish va izohlashga bag’ishlangan tadqiqotlar alohida o’rin egallaydi («Igor jangnomasi» tili- dagi turkiy elementlar», 1902; «Igor jangnomasi» tilidagi turkiy element- lar haqida», 1905 va b.). U Muhammad Soli^ning «Shayboniynoma» dostonini, Rabg’uziynint «Qisas ul-anbiyo» asari- dan parchalarni va b. turkiy yozma Yodgor- liklarni nashr ettirgan.