Meliorativ geografiya
Meliorativ geografiya – yerlar va umuman, tabiiy muhit holatini tubdan yaxshilashning geografik asoslari haqidagi ilmiy yo`nalish. Melorativ geografiyaning asosiy vazifasi hududlarni melioratsiya turlariga ko`ra rayonlashtirish, asosiy melioratsiya usullari va tadbirlariga tabiiy geografik jihatdan baho berish va melioratsiya tadbirlari natijasining tabiiy sharoitga ta’sirini, shuningdek bu tadbirlarning turli regionlardagi samaradorligini aniqlashdan iborat.