MELNIKOV YEVGENIY PAVLOVICH

MELNIKOV YEVGENIY PAVLOVICH (1928.7.10. Orenburg viloyati) — O’zbekiston Respublikasi xalq rassomi (2005). Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutini tugatgan (1960), shu institutda pedagog (1960-88), ayni paytda «rassom» kombinatida rassom. Portret, manzara, natyurmort, animalistika janrlarida ijod qilib, «uloq». «San’atshunos R. Toqtosh». «Avtoportret», shuningdek, «So’qoq», «Chust», «Issiqko’l» turkum manzaralarini yaratgan. Melnikov tasviriy san’atdagi realizm an’analariga tayangan, asarlari kompozitsion puxtaligi, ranglar uyg’unligi bilan ajralib turadi. Melnikov iste’dodli shoir sifatida ham tanilgan bo’lib, she’rlari o’tmishda yashagan rassomlar ijoli va hayoti oddiy insonlar his-tuyg’ulari mavzulariga bagishlapgan. Melnikovning tasviriy asarlari Amerika, Yevropa va Osiyo, shunigdek, O’zbekiston (Buxoro va Nukus) muzeylaridap joy olgan. «Do’stlik» ordeni bilan mukofotlangan (1998).