Membrana
Membrana (lot. membrana — qobiq, parda) — 1)texnikada — berk kontur (perimetr) bo’ylab mahkamlangan yupqa yumshoq egiluvchan plastinka. Tur- licha bosimli ikki bo’shliqni yoki ay- Rim bo’shliq (hajm)ni umumiy bo’shliq (hajm) dan ajratish, shuningdek, bo- sim o’zgarishlarini chiziqli siljish- larga va, aksincha, aylantirish uchun mo’ljallanadi. Metall (mas, folga, elinvar) va metallmas (rezina, mato va b.) xillari bor. M. elektr yoki mexanik tebranishlarni tovush tebranishlariga va, aksincha, aylantirib beruvchi apparat- larning tarkibiy qismi. U manometrlar- tsa sezgir element, nasos larda zichlash qurilmasi sifatida, mikrofon, telefon va b. asboblarda ham qo’llanadi; 2) ela- stiklik nazariyasida — kontur bo’ylab mahkamlangan egiluvchan yupqa plastin- ka. Egilishga bikrligi nolga teng deb olinadi. Osma tizimlarda ko’taruvchi element sifatida foydalaniladi. Mas, undan binoning osma yopmasi sifatida foydalanish mumkin. M. cho’zilmaydi deb qabul qilinadi, egilishi esa konturning qandayligiga qarab hisobga olinadi.