Mendelizm
Mendelizm – irsiyat va o’zgaruvchanlik qonuniyatlari haqidagi ta’limot; irsiy omillar korpuskular (molekular) tabiatga ega va ularning avlodlarga taqsimlanishi statistic qonuniyatlar yordamida amalga oshadi deb o’rgatadi. Chex olimi G. Mendel irsiyatni gibridologik usul yordamida o’rganishni ishlab chiqdi va shu asosda jinsiy ko’payishdagi irsiy belgilarning nasldan-naslga o’tish qonuniyatlarini kashf etdi.