MENEJMENTNING SAMARADORLIGI

MENEJMENTNING SAMARADORLIGI – ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya, boshqaruv faoliyatining natijaviyligi, moddiy, moliyaviy, mehnat va odam resurslaridan foydalanishning muvofiqlik darajasi. Boshqaruv natijalari va ularga erishishga sarflangan resurslami solishtirish vositasida aniqlanadi. Menejment samaradorligining vazifaviy roli uning rivojlanishi darajasi va dinamikasi, ushbu jarayonning sifatiy va miqdoriy tomonlarini aks ettirishdir.