Menisk
Menisk (Yun. menishos — yarim oy) — 1) ikki sferik sirt b-n chegara- langan qavariq-botiq yoki botiqqavariq linza. Optik asboblarda qo’llaniladi (q. Meniskli teleskop); 2) ingichka naycha (kapillyar) devorlari yoki bir- biriga yaqin turgan ikki plastinka orasidagi suyuqlikning qiyshaygan sirti. Ma’lumki, biror sirtga tek- kanda uni ho’llaydigan (yuqadigan) va ho’llamaydigan (yuqmaydigan) suyuqliklar bo’ladi. Sirtni ho’llaydigan suyuqlikda botik M., ho’llamaydigan suyuqlikda qavariq M. bo’ladi (yana q. Ka- pillyar hodisalar).