Merime (Merimee) Prosper

Merime (Merimee) Prosper (1803.28.9, Parij — 1870.23.9, Kann) — frantsuz yozuvchisi. Novella janrining mohir ustasi. M.ning Ispaniya mavzu- larida yozilgan «Klara Gasul te-atri» (1825) pesalar to’plami romantik ruh b-n yo’g’rilgan. «Jakeriya» (1828) dra- masi va «Karl IX saltanati yilnoma- si» (1829) romani tarixiy mavzularga bag’ishlangan. «Mozaika» (1833) to’plami hamda «Karmen» (1845) novellasida xalq qahramonlarining obrazlari yaratil- gan. Shuningdek, uning turli xalqdar vakillari obrazlari tasvirlangan «Mahshargoh ruhlari» qissasi, «Ma- Teo Falkone», «Kolomba», «Tamango», «Lokis» kabi novellalari ham mashhur. «Karl IX saltanati yilnomasi» asari o’zbek tiliga tarjima qilingan (1986).