MERKEL ANGELA

MERKEL ANGELA (1954.17.7, Gamburg shahri) — Germaniya davlat arbobi. Fizika fanlari Doktori (1986). Leypsig universitetini tugatgan. 1978 yildan Germaniya demokratik Respublikasi Fanlar Akademiyasining fizik kimyo Markaziy instituti ilmiy xodimi, 1990 yil Germaniya demokratik Respublikasi demokratik hukumatining matbuot kotibi o’rinbosari, Birlashgan Germaniya federal hukumatining matbuot va axborot idorasi referenti, 1990 yildan Xristian-demokratik ittifoq va GFR Bundestagi a’zosi, 1991 yildan Germaniya xotin-qizlar va yoshlar ishlari bo’yicha, 1994 yildan atrof-muhitni muhofaza qilish va yadro reaktorlari xavfsizligi masalalari bo’yicha federal vazir, 1998 yildan xristian-demokratik ittifoq bosh kotibi, 2000 yil apreldan raisi, 2002 yil sentabrdan GFR Bundestagida Xristiandemokratik ittifoq xristian sotsial Ittifoqining Birlashgan fraktsiyasi raisi. 2005 yil 22 noyabrdan GFR federal kantsleri.