Merkuriy

Merkuriy, Utorud – Quyoshga eng yaqin planeta. Quyoshdan 58 mln. km. Quyosh atrofini 88 sutkada aylanib chiqadi. Merkuriy diametri 4865 km. Merkuriy Oyga o`xshab, Quyoshga faqat bir tomoni bilan qarab turadi. Merkuriyning bir tomonida doim kunduzi bo`lib, 400 daraja issiq bo`lsa, ikkinchi tomonida doimo tun bo`lib nihoyatda sovuq. Merkuriy yuzasida qora, oqish dog`lar va kuchsiz atmosfera borligi aniqlangan.