Merkuriy, Utorud

Merkuriy, Utorud – Quyosh siste- masidagi Quyoshga eng yaqin Sayyora. M. Quyosh chiqishi oldidan va botgandan so’ng uning yaqinida ko’rinadi. M.ning dia- metri 4865 km; massasi 3,304-1023 kg; O’rtacha zichligi 5,52 g/sm3. M.ning Qu- yoshdan o’rtacha uzoqligi 0,387 astronomik birlikka (58 mln. km), Quyosh atrofidagi ekstsentrisiteti e=0,206 ga teng M.ning Quyosh atrofida aylanish davri 88 sutka. Orbital harakatining tezligi 47,9 km/ sek. M. satxida ikkinchi kosmik tezlik 4,3 km/sek, ko’rinma sferik albedosi AK=0,058. Quyoshdan o’rtacha uzoklikdagi t-rasi; Quyosh Zenit da bo’lganda T=618 K; nadirda esa g<250 K. Quyoshdan eng uzok, masofada bo’lganda yorug’ligi -0,3 dan + 0,6 gacha yulduz kattaligida. M. Quyoshdan 28° uzoqlashgani uchun uni ku- zatish qiy-in, shuning uchun kechki payt yoki erta tongda kuzatiladi. Bu vaqtda M. fazasi deyarli 90° ga teng bo’lib, ku- zatuvchiga uning yoritilgai yarim doirasi ko’rinadi. Yuzasida qora, oqish dog’lar va kucheiz atmosfera (so, o, O2) borligi aniqlangan. Atmosfera tarkibida azot N, va argon Ag bo’lishi mumkin. M.ning tabiiy yo’ldoshi mavjud emas.