Metallmaslar
Metallmaslar — metallarning xossalariga ega bo’lmagan kimyoviy ele- mentlar. M. metallar kabi yaltiroqlikka, cho’ziluvchanlikka va yassillanuvchanlikka ega emas, issiklik va elektr tokini yomon o’tkazadi, aksariyat hollarda kimyoviy reaktsiyalar jarayonida elektronlarni qabul qilib oladi. M.ga 22 element ki- radi: bor V, uglerod S, kremniy Si, azot N, fosfor R, margimush As, kislorod o, oltingugurt S, selen Se, tellur Te, ftor F, xlor S1, yod I, brom Vg, astat At, vo- dorod N, inert gazlar — argon Ag, geliy Ne, Kripton kg, ksenon Xe, neon Ne, ra- don Rn. M. davriy sistemada elementlar guruhlarining o’ng tomonida joylash- gan. Elementlarning metallar va M.ga bo’linishi ma’lum darajada shartlidir. Metallar guruhi b-n M. guruhi orasi- ga keskin chegara qo’yib bo’lmaydi. Yarim metallik va yarim metallmaslik xossa- larini namoyon qiladigan elementlar (germaniy, qalay, ko’rg’oshin, vismut, po- loniy) ham bor. M. atomlarining sirtqi elektron qavatidagi elektronlar soni o’sha element joylashgan guruh raqamiga teng bo’ladi. M. atomlari elektronlarni biriktirib olishga moyil, shuning uchun ularning ionlanish potentsiali yuqori. M.dan vodorod, azot, kislorod, ftor, xlor va inert gazlar xona haroratida gaz holatida bo’ladi; brom suyuq, bor, uglerod, kremniy, fosfor, oltingugurt, margimush, selen, tellur, yod va as-ma/ iqattiq moddalardir. Metallardan farqli ravishda M. kislorod b-n kislo- tali oksidlar — kislota angidridla- ri hosil qiladi (mas, fosfat angidrid R2O5, sulfat angidrid SO3, peroxlo- rat angidrid S12O7 va b.) M.ning ba’zi oksidlari (mas, so, N0) betaraf oksid- lar deyiladi. M.ning kislorod b-n bi- rikishida oksidlanish darajasi qancha yuqori bo’lsa, hosil bo’lgan oksidning kislotaligi ham shuncha yuqori, shunga ko’ra, unga to’g’ri keladigan kislota ham kuchli bo’ladi (mas, H2SO3 ga qaraganda H2SO4, HNO2 ga qaraganda HN03 kuch- li). M. vodorod b-n uchuvchan birikmalar hosil qiladi. Ko’pchilik M. vodorodli birikmalarning suvdagi eritmasi kis- lotalardir. Inert gazlardan boshqa M. yuqori elektr manfiylikka ega. M.ning xalq xo’jaligida ahamiyati katta (M. haqida to’liq ma’lumot olish uchun ular- ga tegishli har bir element to’g’risidagi maqolalarga q.).