Metamikt minerallar
Metamikt minerallar (Yun. metamiktos — aralashgan) — minerallar guruhi; ularda tashqi qiyofasi saqlangan holda vaqt o’tishi b-n kristallik tuzi- lishi asta-sekin emirilib, metamikt holatiga, ya’ni amorf shakliga o’tadi. Kristallik strukturaning o’zgarishi, asosan, radioaktiv parchalanish yoki mi- neral tarkibidagi etakchi komponent- lar va qo’shimcha elementlar shaklidagi beqaror elementlar yoki ular izotopla- rining o’zgarishi hisobiga sodir bo’ladi. Atomlarning siljishi mineralda po- tentsial energiyaning to’planishiga (Veg- ner energiyasi) olib keladi. Shunday izo- toplardan eng muhimlari: U235, U238, Th232, Ra226, K40 va b. Bu elementlar- ning asl minerallarida kristallar to’liq parchalanadi, biroq ushbu element- lar qo’shilgan kri-stallarda esa local amortizasiya kis-mlari vujudga keladi.