Metaplaziya

Metaplaziya (Yunoncha metaplasso — qayta hosil qilish, o’zgartirish) — organizm bir xildagi to’qimalarining boshqa xil to’qimalarga aylanishi. Umurtqali hayvonlarda Metaplaziya suvda va quruqlikda yashovchilarda ko’z gavhari va to’r pardasi regeneratsiyasida aniqlangan. Bu jarayonda rangdor parda hujayralari ko’z gavhari hujayralariga, pigmentli epiteliy esa to’r parda hujayralariga aylanadi.