Metastaz
Metastaz (Yun. metastasis — ko’chish, joyni o’zgartirish) — kasallik qo’zg’a- tuvchisi (bakteriyalar, o’sma hujayralari va b.)ning boshlang’ich o’choqdan organizm- ning boshqa a’zolariga qon yoki limfa orqali o’tishi natijasida vujudga kela- digan ikkilamchi patologik manba (ikki – lamchi kasallik o’chog’i). Qon yoki limfa oqimiga o’tgan bakteriyalar biror a’zoda va limfa yo’llari orqali tarqalib, yangi o’sma tugunlarini hosil qiladi («M.» termini, asosan, ana shu jarayonni ifo- dalash uchun qo’llanadi).