Metchik
Metchik — teshiklarda vintsi- mon rezba (ariqcha) ochish (qirqish) uchun mo’ljallangan metall qirqish as- bobi. M.ning bir uchi kesuvchi tig’lari (qirralari) bo’lgan tsilindrik valik- dan, ikkinchi uchi stanok patroniga yoki qisqichga mahkamlashga mo’ljallangan quyruqdan iborat. Asosiy xillari: dastaki M. (qo’lda rezba ochish uchun); gayka M.gi (ikki tomoni ochiq teshiklarda rezba ochish uchun); mashina M.gi (parmalash sta- noklarida, avtomat va maxsus agregat stanoklarida, asosan, bir tomoni berk teshiklarda rezba ochish uchun); stanok M.gi (gayka qirqish stanoklarida ikki tomoni ochiq teshiklarda rezba ochish uchun); avtomat M. (gayka qirqish stano- klarida rezba ochish uchun) va b. Ular legirlangan asbobsozlik po’lati va tez- kesar po’latdan yasaladi.