Meteoritlar

Meteoritlar — Quyosh sistema- sining sayyoralararo fazodan er yuzi- ga tushadigan qattiq jismlari. Quyosh atrofida elliptik orbita bo’ylab ay- lanayotgan sonsanoqsiz qattiq jismlar- dan ayrimlarining orbitasi o’zgarishi natijasida er b-n to’qnashadi. Kat- ta tezlikda (11-75 km/sek) qarakat qilayotgan bunday jismlardan massasi kichiklari (1-10 g) er atmosferasida meteor hodisa hosil qilsa, kattalari (1 — 1000 kg) atmosferada butunlay erib ulgurmay er yuziga tushadi. Bir sutka- da osmondan erga umumiy massasi 10 t atrofida bo’lgan turli xil kattalikdagi qattiq holatdagi kosmik modda tushadi. Bu jismlarning yiriklari topilgan va tabiat muzeylarida saqlanmoqda. Ular M. deb atalib, umumiy og’irligi 500 t dan oshadi. 1920 y. Janubiy-G’arbiy Af- Rikada topilgan temir M.ning (Goba) og’irligi 50 t, 1818 y.da Grenlandiyada topilgan M.ning og’irligi 34 t. 1947 y.da Sixo-te-Alin (uzoq Sharq, Rossiya) ga parchalanib tushgan M.ning umumiy og’irligi 23 t. M.Z turkumga bo’linadi: temir, tosh vatoshtemir. Te Mir M. to- pilgan barcha M.ning 4% ini tashkil etib, tarkibida 85% temir, 12% nikel, 3% kobalt va b. elementlar bor. Temir M. katta kristall (oktaedrit) lardir. Ular sillik, shakldagi jismlar bo’lib, havo qarshiligi ta’sirida kristallga aylangan. Tosh M. topilgan barcha M.ning 92% ini tashkil etadi va, asosan, krem- niy, magniy, natriy, kaltsiy, temir, alyuminiy va b. elementlar oksididan iborat. Ular tog’jinslarini eslatadi. Toshtemir M. topilgan barcha M.ning 4% ini tashkil etadi. M.ning zichligi 2,5 dan 8,8 g/sm3 gacha M.ning atmosferasi- dan erga maydalanib tushish hodisasi M. yomg’iri deyiladi. Mas, 1947 y.dagi Sixote-Alin meteorit yomg’iri tarkibi- da o’rtacha quyidagi mikdorda Nodir me- tallar bor (1 t M.da g hisobida): rute- niy 10, rodiy 5, palladiy 10, ku-mush 5, osmiy 3, iridiy 5, platina 20, oltin 5 va b. M.dagi elementlar tarkibi erdagi elementlar tarkibi b-n deyarli bir xil.