Metod

Metod (Yun. metodos — bilish yoki tadqiqot yo’li, nazariya, ta’limot) — vo-qelikni amaliy va nazariy egallash, o’zlashtirish, o’rganish, bilish uchun yo’l- yo’riklar, usullar majmuasi, falsafiy bilimlarni yaratish va asoslash usuli. M.ning kelib chiqish tarixi kishilar- ning amaliy faoliyatiga borib taqaladi. Biror ishni bajarish M.ini egalla- gan kishi shu ishni boshqalarga nisba- tan oson, tez va soz bajara oladi. M.ni egallamagan inson esa bu ishni bajarish uchun ko’p vaqt va kuch sarflaydi. M. o’z mazmuni jihatidan amaliy yoki nazariy shaklda bo’lishi mumkin. Insonning ama- liy faoliyatiga oid M.lar ham voqelikka xos bo’lgan qonuniyatlarni anglab etish, bilib olishga borib taqaladi. M.lar haqidagi ta’limot fanda metodologiya deb ataladi. Inson dastlab atrofdagi narsa va hodisalarni kuzatish, ularni bir-biriga taqqoslash, o’xshatish, farq qilish asosida voqelik haqida bilim- larini to’plab borgan. Voqelik haqidagi fanlar rivojlanishi b-n fanlarda qo’llaniladigan yo’l-yo’riqlar, M.lar ham takomillashib borgan. Fanning ama- liy (empirik) va nazariy M.lari vujud- ga keldi. Fan M.larining asosiy mazmunini amaliyotda sinalgan ilmiy nazariyalar riya mohiyati jihatidan M. funktsiyasiga egadir. M., o’z navbatida, yangi ilmiy na- zariyalar va qonuniyatlarning ochilishiga vosita bo’ladi. Shu nuqtai nazardan M. b-n ilmiy nazariya funk-tsiyasiga ko’ra, bir-biridan farq qiluvchi ilmiy amal hisoblanadi. Falsafa va fanlar tarixida ilmiy M.ning mohiyatini tadqiq etish, Yan- gi-yangi M.larni kashf etish alohida ahamiyatga egadir. Har qanday bukj ilmiy kashfiyotlarga nisbatan olim- ning biror yangilikni kashf qilishda qo’llagan ilmiy M.i ko’proq ahamiyatga egadir, chunki boshqa kashfiyotchilar ham shu olim qo’llagan ilmiy M.ga tayanib ko’plab kashfiyotlarni ochishi mumkin. Bilish M.lari voqelikni qamrab olishi jihatidan 3 turga bo’linadi: yalpi umumiy bilish M.lari — hamma fanlar- da va bilishning barcha bosqichlarida ham ko’llaniladigan umumiy va uni- Versal M.lar — metodologiya; umumiy bilish M.lari — bir qancha yoki barcha fanlarda qo’llaniladigan va bilishning muayyan bosqichi (empirik, nazariy yoki empirik bosqichdan nazariy bosqichga o’tish chegarasi)da qo’llaniladigan bi- lish M.lari; xususiy yoki maxsus M.lar — ayrim fan doirasida qo’llaniladigan bilish M.lari. O’rta Osiyo olimlaridan Forobiy, Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino va b. fan M.larini rivojlantirganlar. Xoraz- miy olimlarni uchga bo’lib, ularning bir qismi ilmiy kashfiyotlarni ochishda qullaniladigan yo’l-yo’riq va usullarni ishlab chiqib boshqa olimlarning ilmiy izlanishlarini osonlashtiradi, deb yoz- ganida, aynan shu M.larni ishlab chikuv- chi olimlarni nazarda tutgan. Yaqin davr Evropa faylasuf olimla- ri ham M. taraqqiyotiga salmoqli hissa qo’shishdi. F. Bekon, G. Galiley, R. Dekart, G. Leybnis singari faylasuflar M.lar haqida maxsus asarlar ham yozishdi. Hoz. zamon fanlarida ko’plab umu- miy, xususiy ilmiy M.lar qo’llaniladi. Ayniqsa, keyingi asrda modellashti- rish va matematik M.larning yangi shak- llari rivojlandi, kibernetik model- lashtirish va kompyuter modellashti- rish M.lari jamiyatning qariyb barcha sohalarida keng miqyosda qo’llanilmoqda. Zamonaviy ilmiy M.lar tadqiqotchilarga dunyo sir-asrorlarini ochishda yordam bermoqda. Baxtiyor To’raev.