Metrologiya

Metrologiya (Yun. metron — o’lchov va logos — ta’limot) — o’lchovlar, ular- ning bir xilligini ta’minlash usulla- ri va vositalari hamda talab etilgan aniqlikka erishish yo’llari haqidagi fan; fizika bulimi. Asosiy muammo- lari: a) o’lchashlarning umumiy naza-riyasi; b) kattaliklar birliklarini va ularning tizimlarini yaratish; v) o’lchash usullari va vositalari; g) o’lchashlar aniushgi (o’lchashlar noaniqligi naza- riyasi, o’lchashlar xatoligi nazariyasi) ni baholash usullari va ifodalash yo’llari; D) o’lchashlar bir xilligini ta’minlash; e) etalonlarni yaratish; j) o’lchash vosita- lari va o’lchash uslublarining tavsifla- rini aniqlash va birliklar o’lchamlarini etalonlardan qolgan barcha o’lchash vosi- talariga o’tkazish usullari. Dastlab, M. turli o’lchovlar (chiziqli kattaliklar, massa, sig’im va b.), shuningdek, turli mamlakatlarda ko’llaniladigan tangalar va ular orasi- dagi nisbatlarni bayon etuvchi fan si- fatida ifodalangan. 1975 y. 20 mayda Xalqaro metrik Konventsiyaning imzo- lanishi, o’lchovlar va tarozilar xalqaro byurosi ilmiy in-tining hukumatlararo darajada ta’sis etilishi M.ning rivoj- lanishida muhim ahamiyatga ega bo’ldi. M. yuqori aniklikdagi fizik tajri- balarga tayanadi, u fizika, kimyo va b. ta- biiy fanlar yutuklaridan foydalanadi, shu b-n birga, moddiy dunyo ob’ektlari xossalarining mikdoriy ifodalani- shiga imkon beruvchi o’ziga xos qonun va kridalarni belgilaydi. O’lchashlarning umumiy nazariyasi va natijalari (naza- riy M.) ning haqqoniyligini baholash uzluksiz rivojlanmoqda; unga o’lchash jarayonlari va bu jarayonlarning ele- mentlari: o’lchanayotgan kattaliklar, ularning birliklari, o’lchash vositalari va usullari, o’lchash sharoitlari, o’lchash natijalarini tahlil qilish va o’rganish natijasida olingan ma’lumotlar va umumlashmalar kiradi. M.da o’lchanadigan kattalik ob’ekt (tizim, jarayon) ning xususiyati sifa- tida izohlanadi. U sifat jihatidan ajratilishi va miqdoriy aniqlanishi mumkin, ya’ni xususiyat sifatida kator ob’ektlar uchun umumiy va u bir ob’ekt uchun boshkasiga karaganda ma’lum son marta katta yoki kichik bo’lishi mumkin. Mas, uzunlik, massa, zichlik, t-ra, kuch va b. (ob’ektning fizik xususiyatlarini aks ettiruvchi kattaliklar). Har bir ob’- ekt etarlicha aniqlikdagi xususiyatlar- ga — uzunlik, massa, zichlik va b. ga ega; ob’ekt uchun kattalik tushunchasi aniq bo’ladi (mas, stolning uzunligi, tarozi toshining massasi, suyuklikning zichligi va b.). Faqat aniq kattaliklarni o’lchash mumkin. Katallikka ob’ektiv (mikdo- riy) baho berish uchun shu kattalikning birligini (ayrim kattaliklar uchun — shkalani) tanlab olish kerak. Kattalik birligi — sonli qiymati keli-shuv bo’yicha birga teng qilib qabul qilingan (aniq) kattalik. Har xil o’lchamli (mas, t-ra shkalasi, Brinel bo’yicha qattiqlik shkalasi) bir nomdagi kattaliklar qiymatlarining ketma-ketligi kattalik shkalasi deb ataladi. Fanning rivojlanishi b-n ayrim birliklar va ularning kattaliklarini tasodifiy tanlashdan birliklar ti- zimlarini tuzishga o’tildi. M.da fizik kattaliklar va kattaliklar birlikla- ri tizimlarini tuzish prin-tsiplari o’rtasidagi aloqalar, shuningdek, anik, birliklar tizimining nazariy tomon- lari ko’riladi. Hozirgi vaqtda yuz- dan ortiq davlat rasman qabul qilgan Xalqaro birliklar tizimi si keng qo’llaniladi. Nazariy M. o’lchashlar anikligi (o’lchashlar xatoligi) ni va noaniqligini baholash usullariga bag’ishlangan. Bunda ehtimollik nazari- yasi va matematik statistika, shuningdek, matematikaning boshqa bo’limlaridan keng foydalaniladi. O’lchashlarning bir xilligiga eri- shish uchun qo’llaniladigan barcha o’lchash vositalari to’g’ri darajalanishi va ularni davriy qiyoslash yoki kalibrlash- dan o’tkazish lozim. Buning uchun kat- taliklar birliklarining etalonlari — o’lchash vositalari, kattaliklar bir- liklarini asliday qaytarish va ular- ning o’lchamlarini boshqa o’lchash vosi- talariga o’tkazish uchun mo’ljallangan barqarorligi yuqori va aniq maxsus texnik vositalar qo’llanilgan. M. eta – lonlar yordamida kattaliklar birlikla- rini qayta tiklash usullarini va ular- ning aniqligini oshirish yo’llarini, shuningdek, birliklar o’lchamlarini o’tkazish usullari (qiyoslash uchullari) ni ham o’rganadi. Qonunlashtiruvchi M. — davlat to- monidan aniq belgilanishi va tekshiri- lishi talab qilinadigan, o’lchashlar va o’lchash vositalarining bir xilligiga erishish b-n bog’liq masalalar- ni ko’radi. Davlatlarda o’lchashlar bir xilligini talab etiladigan darajada ta’minlash va saqlab turish uchun M. bo’yicha milliy idoralar tomonidan boshqariladigan metrologik xizmatlar tashkil etiladi. Ad.: Burdun G. D., Markov B. N., Osno- VI metrologii, M., 1972; Dushin E. M., Osnovi metrologii i elektricheskie iz- mereniya, M., 1987. Andrey Sodtshov, Ozod Karimov.