Metrorragiya

Metrorragiya (Yun. metra — bacha- don va rhegnymi — yorib chiqaman) — hayz ko’rish maromining buzilishi oqibatida bachadondan betartib qon ketishi. Ko’pgina akusherlik (abort, edbo’g’oz, ba- chadondan tashqari homiladorlik va b.) va ginekologik kasalliklarda (bacha- don shilliq qavati polipozi, bachadon bo’yni eroziyasi, fibromioma, sarkoma, jinsiy organlar raki va b.)da kuzati- ladi. Qon ketishiga bachadon devorida qon oqimining buzilishi sabab bo’ladi. M.ning oldini olish uchun uni keltirib chiqargan asosiy kasallikni bartaraf etish lozim.