MEXANIK BOG’LANISHLAR
MEXANIK BOG’LANISHLAR – biror jism yoki jismlar tizimining fazoda siljishini cheklovchi to’siqlar. Mac, jism sirpanayotgan yoki dumalayot- gan sirt; yuk osilgan ip; mexanizm zveno- larini bir-biriga bog’lovchi sharnirlar va b. Mexanik tizim nuqtalari vaziyati Dekart koordinatalari xk, UK, zk, (k=l, 2, …, p, bunda p — tizim nuqtalari soni) b-n belgilansa, ularning vaqt bo’yicha birinchi hosilalari XK, UK, zk tizimi nuqtalarining tezligi bo’ladi. Tizim nuqtalarining faqat vaziyati chegaralan- sa, geometrik M. b., tezlik ham chegara- lansa, kinematik yoki differentsial M. b. deyiladi va quyidagicha ifodalana- Di: f (…, XK, UK, zk, … XK, UK, zk, …, t) =0. Bu tenglama vaqt bo’yicha integrallansa kinematik bog’lanish integrallanuvchi deyiladi va geometrik bog’lanishga ekvi- valent bo’ladi. Geometrik va integralla- nuvchi kinematik bog’lanishlar golonom- li M.b. deyiladi.