Mexanizm
Mexanizm (Yun. mechane — qurol, inshoot) — bir yoki bir necha jismning harakatini boshqa jismlarning ma’- lum harakatiga aylantirib beradigan qurilma. Ko’pchilik mashinalarning aso- sini tashkil etadi, ko’pgina asboblar, apparatlar va texnika qurilmalarida qo’llaniladi. Vazifasiga qarab, M.lar harakatni uzatuvchi; ijrochi (ish baja- ruvchi); boshqaruvchi, nazorat qiluvchi va rostlovchi; ta’minlovchi, saralovchi, ta- shuvchi; mahsulotlarni hisoblovchi, tor- tuvchi va joylashuvchi M.lar bo’ladi. Harakatni o’zgartiruvchi M.lar ener – giyani mexanik ishga yoki mexanik ishni energiyaning boshqa turiga aylantiradi (mas, dvigatel, nasos, kompressor va b.). H ar a kat uzatuvchi M.lar dvigatel- dan olingan harakatni (valning ayla- nish tezligini kamaytirib) texnologik mashinalarga yoki ijrochi M.larga uza- tadi. Ijrochi M.lar ishlov berilayot- gan muhit yoki ob’ektga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir etadi (mas, pressning sikish me-xanizmi, paxta terish mashinasining shpindellari va b.). Boshqaruvchi, nazorat qiluvchi va rostlov-ch i M.larga texnolo- gik jarayonni boshqarib turadigan mos- lamalar, rostlagichlar, suyuklik sathi va bosimini nazorat qiluvchi M.lar kira- Di. Ta’minlovchi, saralovchi va tashuvchi M.larga shneklar, kovshli elevatorlar, mexanik elaklar va b. kiradi. Tayyor mahsulotlarni avtomatik hisoblovchi, qadoqlovchi va joylovchi M.lar, asosan, ko’plab ishlab chiqariladigan donali mahsulotlar uchun mo’ljallanadi. Bunday M.lar maxsus mashinalarda ijrochi M. bo’lishi mumkin (mas, choy qadoqlash ma- shinasining choyni o’lchovchi va joylovchi qismi). M. tarkibiga kiruvchi va zveno deb ataluvchi qattiq jism o’zaro birikti- rilgan bir necha qo’zg’almas detallar (ayrim qismlar) dan iborat bo’lishi mumkin. Bir-biriga tegib turadigan ikki zvenoning o’zaro harakatlanadigan birikmasi kinematik juft deyiladi. Aylanma (sharnir), ilgarilama (Pol- zun va yo’naltirgich), vintli (vint, gay- ka), sferik (sharli sharnir) kinematic juftlar keng tarqalgan. Agar harakatni o’zgartirishda qattiq jismlardan tashqari suyuklik yoki gazeimon jismlar ham qatnashsa, ular gidravlik yoki pnev- matik M. deyiladi. Aylanma yoki to’g’ri chiziqli harakatni aylanma harakatga (va aksin- cha) o’zgartiradigan M. uzatma deyiladi. Zvenolarning turiga qarab, tishli, ri- chagli, friktsion, zanjirli va tasmali M.lar bo’ladi. Mashina tarkibiga kiruv- chi M.lar gidravlik, pnevmatik, elektr qurilmalardan tuziladi. Odatda, M.da bitta kirish zveno- si bo’lib, u dvigateldan harakat oladi va oraliq zveno orqali uni chiqish ZVE- nosiga uzatadi. M.lar yassi (tekis; ZVE- nolari nuqtalarining t-raektoriyasi Pa- rallel tekisliklarda yotadi) va fazoviy (hajmiy) xillarga bo’linadi. Kosmik texnika (vakuumda aylanma harakat uza- tuvchi, fazoda yo’nalishni o’zgartiruvchi va b.), tibbiyot texnikasi (rostlanadigan apparatlar, biologik protezlar va b.) b-n bog’liq bo’lgan masalalarni hal qilish, borish qiyin bo’lgan yoki hayot uchun xav- fli joylar (suv osti, Kosmos, yadro re- aktorlari) da ishlash uchun maxsus M.lar yaratildi. Bu ishlarni bajarishda turli manipullyatorlar qo’llaniladi. Manipu- lyatorlarning rivojlanishi buyumlarni ishlash, montaj qilish va yig’ish jara- yonlarini avtomatlashtirishga imkon be- ruvchi sanoat robotlarning yaratilishiga olib keldi (q. Mashina va mexanizmlar nazariyasi). Ad.: Usmonxo’jaev H. H., Mashina va mexanizmlar nazariyasi, 2nashr, T., 1970; Artobolevskiy I. I., Mexanizmi v so- vremennoy texnike, [v 4-x t.], 1-3, M., 1970-73. Ko’rqmas Inog’omov.