MEXANIZMLAR NAZARIYASI
MEXANIZMLAR NAZARIYASI – mexanizmlarni tekshirish (analiz qilish), muayyan kinematik va dinamik shartlarga muvofiq yangi mexanizmlarni loyihalash, ularning kinematika va Di- namikasini o’rganish b-n shug’ullanadigan fan. Mexanizmlarning tuzilishi, kine- matikasi va dinamikasiga oid umumiy krnuniyatlarni ochib beradi; bu krnuni- yatlar esa konkret mexanizmlarga tatbiq qilinadi. M.n.ning muhim bo’limi — mexanizmlar sintezi; unda muayyan ki- nematik va dinamik shartlarga muvofiq mexanizmlarni loyihalash usullari o’rganiladi. Mexanizmlarni loyihalash, asosan, uch bosqichdan iborat: birinchi bosqichda mexanizmning kinematik sxe- masi tuziladi, ikkinchi bos qich da mexa- nizmning puxta, ishonchli, f.i.k. yuqori bo’lgan konstruktiv shakli aniqlanadi, uchinchi bosqichda mexanizmning texnolo- gik va texnik-iktisodiy ko’rsatkichlari ishlab chiqiladi. M.s.ning ushbu bosqichlari mexanizmlar- ni loyihalash masalalarining asosiy mazmunini tashkil etadi, chunki detal- larning mustahkamligini hisoblash va konstruktiv shaklini aniqlashga oid keyingi barcha opera-tsiyalar ularning kinematik va dinamik xususiyatlarini o’zgartira olmaydi (q. Mashina va mexa- nizmlar nazariyasi). Ad.: Artobolevskiy I. I., Teoriya me- xanizmov, 2 izd., M., 1967; Usmonxo’jaev H. H., Mexanizm va mashinalar nazariya- si, 2nashr, T., 1970.