Mey, Mergui

Mey, Mergui — Andaman dengizidagi orollar guruhi, Myanma qirg’oqlari yaqinida. Hindixitoy yarim oroli Markaziy qismidagi tog’ tizmalarining suv ostidagi davomi. Jami 800 dan ortiq orol va granit qoyalardan iborat bo’lib, maydoni 3,5 ming km2 chamasida. Yer yuzasi tepalik va past tog’lardan iborat, eng baland joyi 767 metr. Tropik o’rmonlar bilan qoplangan, sohil qismida mangra o’rmonlari uchraydi. Baliq ovlanadi, marvarid yig’iladi.