Meyergof (Meyerhof) Otto
Meyergof (Meyerhof) Otto (1884.12.4, Gannover – 1951.6.10, FILA- Delfiya) — nemis biokimyogari. AQSh Milliy FA a’zosi (1949). Tibbiyot D-ri (1909). Filadelfiyadagi Pensilvaniya unti prof. (1940 y.dan). Asosiy ilmiy ishlari muskullarning qisqarishi bio- kimyosiga oid. Uglevodlarning Fer- mentlar ta’sirida o’zgarishi va u b-n bog’langan holda adenozintrifosfat qamda kreatinfosfatning o’zgarishini tadqiq qildi. Ishlayotgan va tinch tur- gan muskullarda uglevodlarning ana- erob parchalanishi b-n aerob sintezi o’rtasidagi bog’lanish (Paster-Meyergof tsikli)ni ta’riflab berdi, uglevod- larning ki-myoviy o’zgarishida ajralib chiqadigan energiya muskul qisqarishi jarayonida sarf bo’lishini aniqladi. Nobel mukofoti laureati (1922).