Mezozoy erasi, mezozoy

Mezozoy erasi, mezozoy (yunoncha mezos – O`rta, oraliq zoy- hayot) – Yer geologik tarixining to`rtinchi erasi. Yerdagi hayot taraqqiyotining O`rta bosqichiga to`g`ri keladi. Mezozoy erasi bundan taxminan 230 mln. yil ilgari boshlanib, qariyb 163 mln. yil davom etgan. Paleozoy erasidan keyin, kaynozoy erasidan oldin o`tgan. Trias, yura va bo`r davrlariga bo`lingan. Bu erada umurtqalilar orasida suvda-quruqlikda yashovchilar va uchuvchi sudraluvchilar xarakterli bo`lgan, ularning ba’zilari (dinozavrlar, ixtiozavrlar, pterozavrlar va b.) juda yirik bo`lgan; umurtqasizlardan ammonitlar, belemnitlar ko`p bo`lgan, ular era oxiriga kelganda qirilib bitgan; o`simliklardan ginkgosimonlar, sagovniksimonlar ko`p o`sgan. Mezozoy erasida yopiq urug`li o`simliklar, qushlar, xaltalilar, platsentar sut emizuv- chilar va dengiz hayvonlarining ko`p guruhlari birinchi marta paydo bo`lgan. Asosan, Tinch okean sohilida tog` burmalari ko`tarilgan.