Michoakan
Michoakan, Michoakande-Okampo — Meksikaning Jan.-g’arbiy qismidagi shtat. Tinch okean sohilida, Lerma va Balsas daryolari havzasida joylashgan. Mayd. 59,9 ming km2. Aholisi 3979 ming kishi (2000). Ma’-muriy markazi — mo- reliya sh. M. hududining yarmidan ortiq qismi Meksika tog’ligining Jan.-g’arbiy chekkasidagi ko’llar qavzasidan iborat. Sohil bo’ylab Serrade-Koalkoman tiz- malari (eng baland joyi 2764 m) joylash- gan. Seysmik faol hudud. Ikdimi tog’- tropik iqlim. Meksika tog’ligida o’rtacha oylik t-ralar 20°, yillik yog’in 900 mm. Ichki r-nlarda chala cho’l o’simliklari, tog’larda sernam barg to’kuvchi va doim yashil tropik o’rmonlar o’sadi. Iqtisodiyotning asosini q.x. tash- kil etadi. Sug’oriladigan erlarda paxta, sholi, shakarqamish, qulupnay, kartoshka, sabzavotlar, gladiolus (eks- port uchun) ekiladi. URUAPAN sh. atrof- larida kofe, Balsas daryosi quyilish joyida tropik mevalar etishtiriladi. Tog’larda makkajo’xori, dukkakli ekin- lar ekiladi. Baliq ovlanadi. Kimyo, oziq-ovqat, tsellyulozaqog’oz, yog’ochsozlik, to’qimachilik sanoatlari rivojlangan. Sohil bo’ylab portlar, kema verfi, me- tallurgiya k-ti qurilgan.