Michurin Ivan Vladimirovich

Michurin Ivan Vladimirovich [1855.15(27).10, Ryazan viloyati, Pronsk tumani -1935.7.6, Tambov viloyati Mi- churinsk sh.] — rus amaliyotchi selektsio- neri, Rossiyada mevali, rezavor mevali va b. o’simliklar ilmiy selektsiyasi asoschi- si. VASXNIL akad. (1935). Maxsus ma’- lumoti bo’lmagan. Dastlab t. y. xizmatchi- si, soatsoz bo’lib ishlab, bo’sh vaqtlarida bog’dorchilik b-n shug’ullangan. 1875 y. Kozlov sh. (hoz. Michurinsk)da 500m2 cha erni ijaraga olib, o’simliklar kollek- tsiyasini to’plash va duragaylash usuli b-n mevali, rezavor mevali o’simliklarning yangi navlarini etishtirish ustida ish boshladi. 1899 y. shahar chetidan 13 ga chamasi er olib, umrining oxirigacha shu joyda yashadi, ishladi. 1928 y.da M.ning tajriba bogi ba- zasida davlat selektsiya-genetika st-yasi tashkil etildi (1934 y.dan M. nomidagi Markaziy genetika lab.). M. chatishti- rish uchun dastlabki shakllar tanlash na- zariyasini, geografik uzok, shakllarni duragaylashning nazariy asoslarini, chatishtirishdagi nomuta-nosibliklar- ni bartaraf etish usullarini yaratdi va ba’zi amaliy usullarni qo’lladi. 300 dan ortiq meva va rezavor mevalar na- vlarini yaratish va takomillashtirishga erishdi. M. yaratgan olma, nok, olcha va b. mevali daraxtlarning ko’pgina navla- ri O’zbekistonda ham r-nlashtirilgan. M. tok, o’rik, gilos, behi va b. ja- nub o’simliklarini shim. hududlarda o’stirish ishiga asos solgan. As: Itogi shestidesyatiletnix rabot, M., 1950; tanlangan asarlar, T., 1961. Ad.Azizov P. B., I. V. Michurin — buyuk rus olimi, biologi, T., 1955.