Midiyalar
Midiyalar (Mytiis) — dengiz ikki pallali mollyuskalari urug’i. Chig’anog’ining uz. 20 sm gacha, shakli oval- ponasimon, silliq, qoramtirbinafsha yoki sarg’ish-yashil tusda. Chig’anog’ining ichki yuzasi yaltiroq sadaf qavat b-n qoplangan. Voyaga etgan davrida harakatlanmaydi. Oyog’idagi maxsus bisus iplari yordamida suv tubidagi narsalar- ga yopishib yashaydi. 3 turi ma’lum. Deyar- li barcha mo»tadil suvlarda tarqalgan, bir qancha joylarda Midiya banklari (katta to’plamlari) hosil qiladi. Juda serpusht, 5-12 mln. (ba’zan 25 mln.) gacha tuxum qo’yadi. Mayda plankton va detrit b-n oziklanadi. M. suvni faol filtrlab, sanitarlik vazifasini ba- jaradi. Ular tanasida og’ir metallar va yuksak hayvonlar uchun xavfli mikroor- ganizmlarni to’playdi. Ayrim turlari marvarid hosil qilishi mumkin. M. den- giz hayvonlari, asosan, baliklar uchun oziq. Yiliga 0,6 mln. t ga yaqin ovlanadi. Sun’iy boqiladi. Dengiz akvakultura- sining asosiy qismini tashkil etadi. M. go’shti (yopuvchi muskullari) iste’mol qilinadi; ichki organlari chorva molla- ri uchun qo’shimcha oziq (em uchun) (q. Ikki pallalilar).