Mikrolitrajpi avtomobil

Mikrolitrajpi avtomobil — dvigateli tsilindrlarining ish hajmi kichik (0,85 l gacha) va massasi 700 kg gacha bo’lgan engil avtomobillar- ning shartli nomi (mas, «Zaporojets», «Tiko», «Matiz»). Asosan, xususiy shaxslarga va qisman maishiy xizmat ko’rsatishga (aholiga tibbiy xizmat ko’rsatish, pochta aloqasi, teleatelelar) mo’ljallab ishlab chiqariladi. M. a. 4 o’rinli va ba’zan 2 o’rinli bo’ladi; ular- ning tezligi 150 km/soat gacha, 100 km yo’l bosish uchun 6-7 l yonilg’i sarflaydi.