Mikronez tillari
Mikronez tillari – Avstro- nez tillari oilasining Okeaniya til- lari guruhiga mansub, Mikroneziya (Kiribati, Nauru, Marshall, Karolina va b. orollar)da tarqalgan tillar (na- uru, Kiribati, sonsorol, kuoape, yap, ponape, pingelap, mokil, truk va b.). So’zlashuvchilarning umumiy soni 200 mingdan ortiq. Fonetik jihatdan M. t. bir qancha o’xshashliklarga ega, birok, unli va undoshlarning miqdori, talaf- Fuzi bo’yicha o’zaro farq qiladi. Fe’l kategoriyalarining shakllari bir necha usul (qo’shimcha qo’shish, so’zlar takrori, so’z qo’shish) b-n ifodalanadi. Olmoshlar tizimi (tur va shakllari) ancha murakkab. M.t. adabiy tillar darajasigacha rivoj- lanmagan; ko’pchiligi lotin alifbosi asosidagi yozuvga ega. M.t.ni lingvistik jihatdan o’rganish (til o’rganish markazi — Gonolulu sh.) 20-a.ning 40-y.laridan boshlangan.