Mikstura
Mikstura (lotincha mixtura — aralashma) — suyuq dori shakli; bir necha xil dorilarning biror suyuqlikda eritilgan yoki cho’kmaydigan aralashma holiga keltirilgani. Mikstura tarkibiga nastoykalar, qaynatma, ekstraktlar, emulsiya, eruvchan va erimaydigan poroshoklar kirishi mumkin. Ichiladi.