MILLATLAR LIGASI

MILLATLAR LIGASI — birinchi va ikkinchi jahon urushlari oralig’idagi davrlarda (1919-1939) faoliyat ko’rsatgan xalqaro siyosiy tashkilot. Millatlar ligasining ustaviga muvofiq uning vazifasi xalqlar o’rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash edi. Amalda esa tashkilot Fransiya va Buyuk Britaniya kabi imperialistik davlatlarning manfaatlari uchun xizmat qilgan. 1946-yilgacha faoliyat ko‘rsatgan.