Miller (Miller) Merton
Miller (Miller) Merton (1923.16.5, Boston) — amerikalik iqtisodchi. Jon Gopkins untida iqtisodiyot D-ri ilmiy darajasini olgan (1952). Chikago unti qoshidagi Oliy biznes maktabi prof. (1961), Ekonometrika jamiyati a’zosi, Amerika moliya assosiasiyasi Preziden- ta (1976). M.ning asosiy ilmiy faoli- yati xususiy korporasiyalarning moliya muammolarini, 1980*-y.larning boshla- ridan moliyaviy xarajatlar, qimmatli qog’ozlarni iqtisodiy va ma’muriy tartibga solish muammolarini tadqiq etishga bag’ishlangan. «Dividend siyosati, iqtisodiy o’sish va aktsiyalar qiymatini baholash» (1961) asarida muvozanat sharoitlarida divi- dend siyosati firma qiymatiga ta’sir ko’rsatmasligini isbotladi. Nobel mu- kofoti laureati (1990; g. Markovis va u. Sharp b-n birgalikda). As: Skolko stoit firma? Teorema Mm., M, 1999.