MILLIY MUNOSABATLAR

MILLIY MUNOSABATLAR — millatlararo aloqalar va hamjihatlik tizimi, shuningdek ularning mavjudligi va ravnaq topishidagi millatlararo ichki munosabatlardir. Milliy munosabatlarni barqarorlashtirish uchun davlat siyosatida barcha millatlarning ehtiyojlarini hisobga olishi, qabul qilinadigan qonun va qarorlarda hamma millatlarning tengligi, ularning barcha yaratiladigan moddiy va ma‘naviy boyliklardan teng foydalanish kabilar o’z ifodasini topishi, ko’p millatli davlatlarda qandaydir sabablar, xususan tashqi kuchlarning aralashuvi yoki o’zlarini millatparvar qilib ko’rsatuvchi, aslida o’zining jirkanch maqsadlarini amalga oshirish yo’lida ataylab millatlararo munosabatlar omilidan foydalanishga intilishga urinuvchi ichki kuchlarning aybi bilan ham yuzaga kelishi mumkin bo’lgan millatlararo mojarolarni hal qilishda siyosiy vositalardan foydalanish yo’lidan borish zarur bo’ladi.