MILLIY SIYOSAT
MILLIY SIYOSAT — davlat tomonidan jamiyatdagi turli millatlar va etnik guruhlarning rivojiga, millatlararo munosabatlarni takomillashtirishga va shu asosida barqaror rivojlanishni tashkil qilishga qaratilgan, aniq maqsad asosida olib boriladigan faoliyatdir. Milliy siyosatda barcha millat va etnik guruhlar manfaati hamda ehtiyojlarining qondirilishi adolatli tashkil qilingan bo’lsa, millatlararo mojarolar kelib chiqmasligi uchun imkoniyat yaratilgan bo’ladi. Bu o’z navbatida jamiyat barqaror rivojlanishining muhim kafolatlaridan biri hisoblanadi.