Milod

Milod (Arabcha — tug’ilish), yangi era, bizning era — ko’pchilik mamlakatlarda qabul qilingan yil hisobining boshi va yil hisobi sistemasi. Iso payg’ambar (Iisus Xristos) ning tug’ilgan kunidan boshlanadi; Iso tug’ilgan kun 1-yilning 1 yanvari deb qabul qilingan. Tarixning mana shu sanasigacha davri eski era (miloddan avval), keyingi davri yangi era, bizning era (Milod, milodiy) deb ataladi.