Milonit
Milonit (Yun. mylon — tegir- mon) — maydalangan va mayda kukunga aylangan tog’jinsi: tog’massalari- ning tektonik uzilmalar yuzasi bo’ylab harakatlanishi natijasida hosil bo’ladi. Vujudga kelgan kuchli bosim sha- roitida tog’jinslari (granit, gneyslar, kristalli slaneslar, kvarsitlar va h.k.) chang holatiga qadar maydalanadi va ayni vaqtda zichlanadi. Milonitlanish kata- klaz (minerallarning tog’jinsi ichida deformasiya natijasida maydalanishi) dan tog’jinsining juda ham kichik mi- kroskopik zarra o’lchamigacha maydalani- shi b-n farq qiladi. M. Tyaniian va Ural tog’laridagi yirik regional surilmalar bo’ylab uchraydi.