Milosh

Milosh (Milosz) Cheslav (1911.30.6, Sheteynyay) — polyak yozuvchisi; frantsuz va ingliz tillarida ham ijod qilgan. 1951 y.dan muhojirlikda (avval Frantsiyada, 1960 y.dan — AQShda). 30-50-y.larda- gi she’r va dostonlarida, «kunchiqishda va kunbotarda» (1974), «bepoyon zamin» (1984) she’riy kitoblarida hoz. zamon kishisining halokatli tajribalarini jahon tsivilizasiyasi taraqqiyoti nuqtai nazaridan tushunib etish, inqiroz va mudroq holatlarga qarshi kurashish g’oyasi aks etgan: M. timsolidagi shoir tala- fotlardan asrovchi, 20-a.da butun boshli xalq va tsivilizasiyalar xalokatining solnomachisi sifatida namoyon bo’ladi. «Hokimiyatni zabt etish» (1953), «aso- ratga tushgan akl» (1953) masalqissalari avtoritarizmga qarshi g’oyalar b-n sug’orilgan. «Qit’alar» (1958), «Shaxsiy majburiyatlar» (1972) esse kitoblarida turli madaniyatlarning tayanch ma’naviy belgilarini, madaniy ong fenomeni- ni tadqiq etadi. M.ning fikricha, hoz. ong, shuur dramatizmi dunyoning yaxshi va yomon, yovuz tarzida 2 xil namoyon bo’lishi (q. Moniylik), gunohkorlik va o’zini ilohiylashtirishni boshdan kechirish, e’tiqod va aqlning o’zaro qarshi kura- shi b-n belgilanadi, u nafaqat bartaraf etib bo’lmaydigan, balki 20-a. kishisi- ning o’z takdirini o’zi belgilashidagi manba hisoblanadi. M. Qadimiy ahd va Yangi ahdni, ingliz she’riyatini polyak tiliga, polyak she’riyatini ingliz tiliga tarjima qilgan. Nobel mukofoti Lau- reata (1980).