Milton (Milton) jon

Milton (Milton) jon (1608.9.12 -London — 1674.8.11) — ingliz shoiri, publisist, siyosiy arbob. Kembrij unti- ni tugatgan (1632). Asarlarini ingliz, italyan va lotin tillarida yozgan. Ilk asarlari — «Shekspirga» she’ri (1630), «Xushchaqchaq» va «xayolchan» deb nomlan- gan qo’shaloq asari (1632), «Qomus» dra- matik dostoni (1634), «Lyusidas» Marsi- yasi (1632). M. 1638-39 y.larda Frantsiya va Italiyaga sayohat qilgan. 1640 y.dan Angliya burjua inqilobi g’oyalarini qo’llab-quvvatlagan. «Areopagitika» (1644) risolasida matbuot erkinligi- ni yoqlab chiqqan. 1649-52 y.larda bur- jua inqilobi arbobi o.Karomvelning xalqaro davlat yozishmalarini olib borgan. «Sanamkush» (1649), «Ingliz xalqini ximoya qilish» (1650, 1654) va b. asarlarida xalqning mustabid hukmdorlarni yo’q qilish huquqi borli- gini ta’kidlaydi. Styuartlar sulolasi qayta tiklangandan keyin mashaqqatli hayotga giriftor bo’lgan shoir o’zining mashhur asarlari — «yo’qotilgan Jan- nat» (1667), «topilgan jannat» (1671) dostonlarini yaratadi. Dostonlar maz- muni «Injil»dan olingan bo’lsada, Di- niy mazmun orqali davrning dolzarb masalalarini —xalq ommasining mo- narxiya va zulmning barcha shakllari- ga qarshi noroziligini aks ettirgan. So’nggi asari — «isyonkor Samson» t-ragediyasida Angliya burjua inqilobi va M. dunyoqarashiga xos bo’lgan qarama – qarshiliklar o’z ifodasini topgan.