MINERAL RESURSLAR INSTITUTI

MINERAL RESURSLAR INSTITUTI, O’zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar Davlat qo’mitasi tarkibidagi i.t. institute — geologik i.ch. bo’yicha respublikada etakchi ilmiy metodik markaz. O’rta Osiyo er osti qazilmalarini keng ko’lamda o’rganish markazi sifatida 1957 y.da Toshkentda tashkil etilgan. 1994 y.gacha O’rta Osiyo mineral resurslari ilmiy tadqiqot in-ti, 1994 y. apr.dan hoz. nomda. O’zbekistonning alohida regi- onlarining geologik o’rganish, mineral xom ashyo resurslariga bo’lgan ehti-yojni qondirish, import monitorin-gni hamda import o’rnini bosadigan xom ashyo i.ch. uchun tavsiyalar berish kabi vazifalarni bajaradi. O’zbekiston hududi va uning ayrim regionlari geologik tuzilishini, aso- siy foydali qazilmalarning joylani- shi qonuniyatlarini o’rganish; mamlakat mineral xom ashyo bazasini kengaytirish maqsadida muayyan bashoratlar berish; Ge- ologiyarazvedka ishlarining ilmiy asos- langan metodlarini ishlab chiqish, ruda va noruda qazilma konlarini baholash va razvedka qilish; geol.razvedka ishlari- ning samaradorligini oshirish, mineral xom ashyodan foydalanish bo’yicha tavsiya- lar berish; turli foydali qazilmalarni boyitish va ajratib olishning ta- kom illashgan texnologiyasini ishlab chiqish va h.k. in-tning asosiy ilmiy yo’nalishlaridir. In-t qoshida ilmiy texnika axbo- roti b-n ta’minlovchi guruh faoliyat ko’rsatadi, ilmiy texnika kutubxonasi, tajriba-metodik partiyalar, ilmiy i.ch. tajriba uchastkalari mavjud. In-t tuzilgandan buen 20 dan ortiq ilmiy asar nashr qilingan, tarmoqqa oid 80 dan ziyod qo’llanma ishlab chiqilgan. In-t qoshida malaka oshirish kursi, aspirantura, doktorantura faoliyat ko’rsatadi.