Mineral suvlar
Mineral suvlar – tarkibida ba’zi bir kimyoviy elementlar va birikmalar, shuningdek gazlar bo`lgan suvlar. Suv tarkibidagi tuzlar 1 g/l dan ortiq bo`lsa mineral suvlar, kam bo`lsa, chuchuk suv deyiladi. Agar 50 g/l dan ortiq bo`lsa, sho`r suv, namakob bo`ladi. Suv tarkibida yod, brom, litiy, bariy, temir va b., gazlar – karbonat angidrid, radon, sulfat gazlari bo`lishi ularda shifobaxsh xususiyat vujudga keltiradi. Toshkent mineral suvi, Narzan suvi va b.