Mingbuloq qishlog’i haqida eshitganmisiz?

Mingbuloq qishlog’i haqida eshitganmisiz? – Andijon oblastining Baliqchi rayonida. Ming so’zi toponimlar tarkibida ko’plab uchraydi. Bu so’z asl ma’nosidan tashqari, “ko’p, juda ko’p” so’zi o’rnida ham qo’llaniladi. Mingbuloq “ko’p buloqli joy” ma’nosidadir. O’zbek urug’laridan biri ming deb ataladi. O’zbekistonda Mingqishloq (“ming urug’ vakillari yashaydigan qishloq”), Mingchuqur kabi toponimlar ham bor.

Fikr bildirish