Minimetr
Minimetr (lotincha minimus — eng kichik va … metr) — mashina detallari, kalibr va boshqalarning chiziqli o’lchamlarini o’lchashda qo’llaniladigan asbob. Asosan, richag va mil (strelka)dan iborat. Minimetrdagi xatolik ± 0,0005 yoki 0,0001 mm dan oshmaydi. Hozir Minimetr o’rniga mikrokator va boshqa takomillashgan o’lcham vositalari ishlatiladi.