Minogalar

Minogalar (Petromyzoniformes) — to’garak ogizlilar sinfiga mansub umurtqali hayvonlar turkumi (boshqa si- stemaga ko’ra, kenja sinfi). Gavdasining uz. 15-100 sm, vazni 3 kg gacha, skeleti tog’aydan iborat. Burun teshigi bitta, boshining yuqori qismida joylashgan, halqumi b-n tutashmagan. Orka suzgichla- ri 1 yoki 2 ta. Jabra teshiklari tanasi ikki yonida 7 tadan joylashgan. Voron- kasimon og’zini teri disk o’rab turadi. Ko’zi rivojlangan. Qon aylanish siste – masi tutash. Yuragi 2 kamerali. 1 oila, 7 urug’, 20 dan ortiq turi mo»tadil iqlim suvlarida tarqalgan. Chuchuk suvlarda va dengizlarda yashaydi. Suv tubidagi in (chuqurcha)ga 800 tadan 200 mingtagacha tuxum qo’yib, haloq bo’ladi. Lichinkasi 3-4 y. daryoda yashaydi. O’tkinchi turlari ko’payish davrida daryolarga ko’tariladi va 5-6 y. hayot kechiradi. Ko’pchilik tur- lari yirik baliklar (jumladan, losos- simonlar)ning ektoparaziti. Tili va og’izoldi diskidagi muguz tishchalari yordamida baliq tanasiga yopishib olib, uning qonini so’radi; muskullari va ichki organlarini eydi. M. go’shti iste’- mol qilinadi. Boltiq dengizi havzasida dengiz minogasi va dare minogasi, ka- spiy dengizi havzasida Kaspiy Mino- gasi; oq dengiz, Barents dengizi, Oxota, Yapon dengizlari havzalarida tinch ocean minogasi tarqalgan. Balikchilikka ziyon keltiradi. Oziq-ovqat sifatida katta ahamiyatga ega emas. Oz miqdorda ovlana- Di.