Minomyot

Minomyot (mina va rus. Metat — irg’itmoq), mina irg’itqich — sillis stvolli artilleriya quroli. Dushman- ning ochiqlikdagi hamda okop, transhe- yalardagi kuchlarini, o’t ochish vosita- larini tormor qilishga mo’ljallangan. Oddiyligi, engilligi, snaryadi (minasi) ning egri chiziq bo’ylab yo’nalishi va b. xususiyatlari b-n odatdagi artille- riya qurollaridan farq qiladi. Asosiy qismlari: stvol, qo’shoyoq, lafet, tayanch plitasi, prisel, boshkaruvchi mexanizm, gorizontni to’g’rilash mexanizmi. M.dan oskolkali, tutovchi, yondiruvchi va fugas minalar otiladi. M. birinchi marta rus-yapon urushi (1904-05) da rus qo’shinlari tomonidan qo’llanilgan. 2-jahon urushi (1939-45) da hamma armiyalarda ishlatilgan. M.lar 81 mm dan 240 mm gacha kalibrli bo’ladi. Ularning snaryadi 3 kg dan 130 kg gacha, otish masofasi 2,5 km dan 10 km gacha, jangovar holatdagi og’irligi 36 kg dan 3600 kg gacha. Reaktiv snaryad (mina) lar- ni otish uchun reaktiv M.lar ham mavjud. Bunday M.lar 2-jahon urushi davrida «Katyusha» nomi b-n mashhur bo’lgan.