Mirabilit
Mirabilit (lot. mirabilis — ajo- yib; nem. kimyogari I.R.Glauber bergan nom), glauber tuzi — sulfat lar sin- figa mansub mineral; kimyoviy tarki- bi Na2[SO4]10H2O. Tarkibida 19,24% Na2O; 24,85% SO3; 55,91% N2O mavjud. Monoklin singoniyada kristallanadi; qisqa prizmadan ninasimon shaklga- cha. M., shuningdek, donacha yoki kukun- Simon agregatlar va mayda kristalli po’stloqchalar hosil qiladi. Rangsiz yoki oq. Suvda oson eriydi, eritma achchiq- sho’r ta’mga ega. Quruq holatda suvini tez yo’qotadi va oq kukunsimon suvsiz mineral — tenardit (Na2SO4)ra ayla- nadi. Qattikligi 1,5— 2; zichligi 1,5 g/ sm3. M. sho’r ko’llar, sayoz qo’ltiqlar va issiq buloklarda kimyoviy cho’kindi si- fatida hosil bo’ladi. Tuproq yuzasi- da uning rangini o’zgartiradi. Kaspiy dengizining Qorabo’g’-ozgo’l qo’ltig’ida, Katta sho’r ko’lda (AQSh)va b. joylarda, past t-Rada yomon erigani uchun ko’proq qishda cho’kadi. O’zbekistonda ham keng tarqalgan. Mirzacho’l, Zarafshon daryosi quyi qismidagi ko’llarda va b. joylar- da uchraydi. M., asosan, kimyo sanoatida soda, ishqoriy natriy olish uchun, oyna- shisha, bo’yoq tayyorlashda, shuningdek, tib- biyotda ishlatiladi.