Mirbozor

Mirbozor — Samarqand viloya- ti Narpay tumanidagi shaharcha (1992 y.dan). Samarqanddan 106 km. Tuman markazi (Oktosh sh.)dan 6 km shim.da. Yakin t.y. stantsiyasi — Zirabuloq (5 km). Aholisi qariyb 5,3 ming kishi (2002). M.da avtokorxona, yo’l qurilish ido- rasi, dehqon bozori, o’rmon xo’jaligi boshqarmasi, «Kamalak» maishiy xizmat uyi binolari, madaniy, savdo xizmati ko’rsatish shoxobchalari, biznes maktabi (1200 o’quvchi), umumiy ta’lim maktabi, 2 kutubxona, Otalar choyxonasi, xalq mu- zeyi, Xotira xiyoboni, tuman Markaziy kasalxonasi, tez tibbiy yordam bo’limi mavjud. M. yakinidan magistral t.y. va avtomobil yo’li o’tgan. M. qad. Karvon yo’lidagi manzil (kishloq) o’rnida Vu- judga kelgan. 1890 y.da qurilgan «salo- vat» masjidi saqlangan.