MIRISHKOR TUMANI

MIRISHKOR TUMANI – Qashqadaryo viloyatidagi tuman. 2003 yil 6 yanvarda Usmon Yusupov va Bahoriston tumanlarining birlashtirilishi natijasida tashkil etilgan. Mirishkor tumani Qashqadaryo viloyatining Janubi-g’arbida joylashgan. Tuman shimoldan muborak, Sharqdan Kasbi, Qarshi, Nishon tumanlari, g’arbdan Buxoro viloyatining Olot va Qorako’l tumanlari, Janubdan Turkmanistonning Lebap viloyati bilan chegaradosh. Mirishkor tumanida 12 fuqarolar yig’ini (Avazcho’l, Vori, Guliston. Gulshanbog’, Jo’ynov, Mirishkor, Navbahor, Obod, Pomuq, Chamanzor, Chandir, Yangiobod) bor. Maydoni 3,1 ming kilometr kvadrat. Aholisi 87,2 ming kishi (2005). Markazi – Yangi Mirishkor qishlog’i. Tabiati. Tuman hududi qarshi cho’li zonasida joylashgan. Relefi, asosan, gekisliklardap iborat bo’lib, sharqdan Janubi g’arb tomon biroz pasayib boradi (Qorabuloq botig’ida 280 metrgacha pasayadi). Mirishkor tumani huludidagi qirlardan chorva uchun yaylov sifatida foydalaniladi. Tumanning garbiy va Janub hududi yarim mustahkamlangan qumli maydonlar bilan band. Ko’chma qum barxanlari, eol-akkumulyativ, ya’ni shamol yotqiziqli qumtepa-jo’yakli relef shakllari, gil yotqiziqli yassi yuzali tekisliklar bor. To’rtlamchi davrning cho’kindi yotqiziqlari tagida neogen va paleogen davrining giltosh, qumtosh, ohaktosh, gips-angidritli dengiz yotqiziqlari, bo’r va yura davrlarining issiq va sernam sharoitli dengiz yotqiziqlari uchraydi. Mirishkor tumanida bir qancha berk botiqlar: Qorabuloq, Dengizko’l, Xo’jam Sayot, Qirqchashma va boshqalar bor. Ularda shifobaxsh balchiqlar, tuz qatlamlari hosil bo’lgan. Tuman hududida alang, Pomuq, Kultog’, Ko’kdumaloq, O’rtabuloq, Zevardi, Dengizko’l kabi neft, gaz va kondensatga boy konlar mavjud. Iqlimi keskin kontinental. Yanvarning o’rtacha temperaturasi 2°, iyulniki 28°— 29,5°. Yozi issiq, quruq, davomli. Eng past temperatura -28°, eng yuqori temperatura 47°. Yozda garmsel shamoli ta’sirida o’t-o’lanlar qurib qoladi. Vegetatsiya davri 242 kun. Yillik yog’in 130-200 millimetr. Tuproqlari gil, sho’rxok, o’tloq, oddiy bo’z tuproqlar. Yovvoyi o’simliklardan juzg’un, Iloq, selin, shayton-kovush, karrak, qizil Qandim, etmak, saksovul, shuvoq, sho’ra, tuyaqorin, yantoq, qo’ng’irbosh, lolaqizg’aldoq, qamish, yalpiz, isiriq, chitir, chuchmoma, zira va boshqalar o’sadi. Yovvoyi hayvonlardan tulki, chiyabo’ri, jayran, sichqon, kalamush, tipratikan, yumronqoziq, sudraluvchilardan echkemar, kaltakesak, har xil ilonlar; qushlardan tustovuq, kaptar, chumchuq, burgut, turna, laylak, qaldirg’och, musicha, sassiqpopishak va boshqalar bor. Tuman yerlari Amudaryodan suv oladigan Mirishkor kanalidan sug’oriladi. Aholisi, asosan, o’zbeklar, shunipgdek, turkman, tojik, Arab, rus va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholi zichligi 1 kilometrga o’rtacha 28,1 kishi (2005). Xo’jaligi. Tumanda 2300 ga yaqin korxona faoliyat ko’rsatmoqda. O’zbekiston — Isroil «Eynab» qo’shma korxonasi ishlab turibdi. 250 dan ziyod maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchasi mavjud. 1500 fermer xo’jaligi faoliyat yuritadi. 2177 kichik korxopa bor. Paxtachilikka 2 ta, qorako’lchilikka 2 ta shirkat xo’jaligi ixtisoslashgan. Qishloq xo’jaligining asosiy sohalari paxtachilik, donchilik va chorvachilik. Tumanlagi umumiy yer maydoni 312,5 ming gektar, shuningdek, 53,9 ming gektar yer haydaladi, shu jumladan, 23 ming gektar yer paxta, 24,7 ming gektar yer g’alla bilan band. Shuningdek, sabzavot, poliz, kartoshka, meva, uzum, sut, go’sht, pilla, Qorako’l teri va boshqa mahsulotlar yetishtiriladi. Mirishkor tumanidagi xususiy va jamoa xo’jaliklarida 30,5 mingga yaqin qoramol, 170 ming dan ziyod qo’y va echki, 39,2 ming parranda, 310 yilqi bor (2004). Tumanda 38 umumiy ta’lim maktabi, 3 litsey va ixtisoslashtirilgan maktablarda 22,4 ming o’quvchi ta’lim oladi. 3 kasb-hunar kolleji (2 mingga yaqin o’quvchi), bolalar musiqa maktabi faoliyat ko’rsatadi. 9 klub muassasasi, 2 madaniyat va istirohat bog’i, 26 kutubxona (144 ming nusxa asar) bor. Korxona va tashkilotlarda 50 jismoniy tarbiya va sport jamoalari tashkil etilgan. Sport bilan doimiy ravishda qariyb 11 ming kishi shug’ullanadi. 4 kasalxona, ambulatoriya, 9 qishloq vrachlik punkti va boshqa tibbiy muassasalar aholiga xizmat qiladi. Tibbiy muassasalarda jami 358 davolash o’rni mavjud (har 10 ming kishiga 117 o’rin). 1978 yil 1 apreldan «Mirishkor mash’ali» tuman gazetasi nashr etiladi (adadi 745 nusxa, 2005 yil). Latif Erdonov, Ovod Jo’raqulov, Mahliyo Sohibova.