Mirkarimova Qunduz
Mirkarimova Qunduz (1928.8.3, Toshkent) — raqqosa, baletmeyster va pedagog. O’zbekiston xalqartisti (1966). Tamaraxonim nomidagi balet makta- bida ta’lim olgan (1937-41), katta teatr (Moskva) krshidagi xoreografiya bilim yurtini tugatgan (1951). Yangiy- ul musiqali drama va komediya teatrida (1943-46), Muqimiy teatr i da (1946-49), Navoiy teatrida (J 95 1 -53), O’zbekiston davlat Filarmoni-yasida (1953 — 56) yakka raqqosa. «Bahor» ansamblida yakka raqqosa va pedagogrepetitor (1957-67), badiiy rahbar (1979-88), Toshkent dav- lat milliy rake va xoreografiya oliy maktabida pedagog (1964-79 va 1988 y.dan; 1996 y.dan prof.). M. ijrosidagi raqslar samimiy, nafis va jozibadorli- gi, harakatlari sho’x va jo’shqinligi b-n ajralib turadi. «G’ayratli qiz», «katta o’yin», «Xorazmcha raqs», «Uyg’urcha rake», «Rohat», «jonon», «nay navosi», «Bahor tongi», «Tanavor», «zang o’yin», «Po- Mircha raqs», «Dildor», «Gulrux», «gul- noz» kabi mumtoz, xalq, zamonaviy va b. xalqlar raqsini mahorat b-n ijro etgan. Shuningdek, u maqom kuylariga tushgan raqslari b-n mashhur. Baletmeyster sifatida o’zbek raqs san’atining eng yaxshi an’analarini ri- vojlantirdi. U mumtoz, xalq va zamona- viy raqslarni sahnalashtirgan. «Xoti- ra», «ona qalbi» kompozisiyalari, «Mu- stazod», «zang», «O’zbekiston qizlari», «Navro’z», «doira raqsi», «Tanavor 2», «Tanavor 3», «Siynaxiroj», «Surnay navosi». «Ey sarvi ravon», «O’zbek mi- niatyurasi», «Xamsa», «katta Buxorcha» kabi ommaviy, «Nasri Segoh», «Savti mu- nojot», «tog’qizi», «Dilxiroj», «o’rik gullaganda», «Nurxon», «O’yna, o’yna Gulnora» kabi yakka raqslari o’zbek xore- ografiyasining oltin fondidan o’rin ol- gan. Bir qancha chet davlatlar (Frantsiya, Yaponiya, Avstriya, Xindiston, Sudan, Liviya, Misr va b.)da gastrolda bo’lgan. «Do’stlik» (1997) ordeni va «Shuxrat» medali (1994) b-n mukofotlangan.